HAMAS harakati Tehronda öldirilgan Ismoil Haniya örniga siyosiy byuroga yangi yetakçi saylanganini e’lon qildi. Bu HAMASning harbiy qanotini boşqargan va Ğazo sektoridagi jangovar harakatlarga mas’ul bölgan Yahyo Sinvardir.
«HAMAS harakati şahid ketgan Ismoil Haniya örniga komandir Yahyo Sinvarni siyosiy byuro rahbari sifatida e’lon qiladi», — deyiladi xabarda.
61 yoşli Yahyo Sinvar — HAMASning Ğazo sektoridagi yetakçilaridan, taşkilot harbiy qanoti va içki xavfsizlik bölinmasi asosçilaridan biridir. Isroil tomonidan uç marotaba hibsga olingan — 1982, 1985 va 1988 yillarda. 2011 yilda u TsAXAL askari Gilad Şalitga almaşilib, Isroil qamoqxonasidan ozod etilgan. 2015 yilda AQŞ Sinvarni xalqaro terrorçilar röyxatiga kiritgan.
Ismoil Haniya 31 iyul kuni Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pizişkiyonning inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga borganida öldirilgan. Suiqasd Isroil tomonidan AQŞ hukumati kömagida rejalaştirilgan va amalga oşirilgani aytilmoqda. Haniya oğirligi taxminan 7 kg bölgan jangovar kallakli qisqa masofaga uçuvçi snaryad yordamida öldirilgani haqida xabarlar berildi.
Avvalroq The New York Times Haniya HAMAS va Eron rasmiy ma’lumotida aytilganidek raketa zarbasi yoki uçuvçisiz kurilma yordamida emas, u Tehronda tunab qolgan uyda bomba portlaşi oqibatida halok bölgani haqida yozgandi. Britaniyaning Telegraph naşri ham bu versiyani quvvatlovçi yangi tafsilotlarni e’lon qildi.
Ingliz suriştiruvçilarining aniqlaşiça, Ismoil Haniyaning öldirilişi tölaligiça Isroil maxsus xizmati Mossad operatsiyasi bölgan. HAMAS liderini öldiriş uçun Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi agentlari yollangan va ular yordamida Haniya tunagan xonaga bomba qöyişgan. May oyida yollangan agentlar Haniya tunab qolişi mumkin bölgan uçta xonaga bomba qöygan.











