Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qozoğistonga yetib bordi.
Ostona xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev kutib oldi.
Ertaga ikki mamlakat yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi majlisi bölib ötadi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston-Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini çuqurlaştiriş, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq xöjaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilinadi.


Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi muloqotda iştirok etiş ham rejalaştirilgan.













