Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov Kun.uz bilan suhbatda Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga davlat taşrifining ahamiyati va natijalari haqida söz yuritdi.

“Töğrisini aytiş kerak, aloqalarimiz tarixida turli xil davrlar bölgan. Ham yuksaliş, ham nisbatan pasayiş bölgan, lekin aynan bugun munosabatlarimiz eng yuksak çöqqisiga çiqdi. Buni heç mubolağasiz aytsak böladi. Bu eng avvalo prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Kemeloviç Töqayevning qat’iy siyosiy irodalari tufayli bölyapti.

Davlat rahbarlarimiz xalqlarimiz bir-biriga qançalik döst va qardoş ekanini çuqur his qilib, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikka yangiça ruh, yangiça mazmun olib kirişdi”, – deydi u.

“Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari 1-2 yillik davrga emas, endi 10 yillik marralarni olişyapti. Masalan, strategik şeriklik va ittifoqçilikni rivojlantiriş böyiça 2034 yilga qadar möljallangan dastur qabul qilinyapti. Bundan taşqari, tovar aylanmamizni 10 mlrd dollarga yetkaziş böyiça hukumatlarga bugun qat’iy topşiriq berildi. Taşrif doirasida işbilarmon doiralar 7 mlrd dollarlik kelişuvlarga erişdilar”, – ta’kidladi prezident matbuot kotibi.

Asadov ikki mamlakat rahbarlarining hamkorlikni çuqurlaştirişga intilişi butun mintaqaga daxldor ekanini ta’kidladi.

“Taşrifimiz davomida Olmaotada va Çirçiqda ikki mamlakat oliygohlarining filiallari oçildi. Ostona markazida buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiyga haykal örnatildi. Xabaringiz bor, Toşkentda qozoq xalqining buyuk farzandi Abay Qönonboyevga haykal örnatilgan. Bugungi Alişer Navoiy haykalining oçilişi ham xalqlarimizning naqadar yaqinligining ifodasi.

Mana şunday jipslik, birdamlik misolida prezidentlar butun mintaqaga namuna körsatişga, Markaziy Osiyo özligini yaratişga intilmoqdalar. Prezidentlar asosiy maqsad – Markaziy Osiyoni kuçaytiriş, jipslaştiriş, mintaqada integratsiya va hamkorlikni yana ham çuqurlaştirişga çin dildan intilmoqdalar”, – dedi Şerzod Asadov.

Uning qöşimça qilişiça, tomonlar Toşkentda “Ostona”, Ostonada esa “Toşkent” biznes markazlarining oçilişiga ham kelişib olişgan.