Nigeriyada Lassa bezgagi qurbonlari soni 163 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qiliş markazi (NCDC) ma’lumotlariga köra, ölimga olib keladigan kasallik Nigeriyaning 34 ştati, jumladan, poytaxt Abujada ham tarqalgan.

Nigeriya hukumati kasallikni davolaş uçun 3 ta dori aniqlanganini bildirdi.

Ötgan yili Nigeriyada 1227 ta holatda Lassa bezgagi aniqlangan, ulardan 219 tasi ölim bilan yakunlangan.

Lassa bezgagi birinçi marta Nigeriyada 1969 yilda mamlakat şimoli-şarqidagi Borno ştatida aniqlangan.

Lassa bezgagi tufayli Nigeriya hukumati ötgan yilning fevral oyida favqulodda holat e’lon qilgan edi. 

Lassa bezgagi kalamuş va siçqonlardan yuqadi. Uşbu xavfli kasallik odamdan odamga yuqişi va ölimga olib kelişi mumkin. 

Mamlakat hukumati aholini ehtiyot çoralarini körişga, gigiyena qoidalariga rioya qilişga va kemiruvçilarga yaqinlaşmaslikka çaqirdi.