Özbekiston delegatsiyasi Parijdagi yozgi Olimpiya öyinlarida ikkinçi oltin medalini qölga kiritdi.

Taekvondo bahslarida -68 kg vaznda Uluğbek Raşitov qatorasiga ikkinçi Olimpiadada tengsiz böldi. Bungaça Tokio Olimpiadasi çempioni bölgan özbekistonlik sportçi finalda iordaniyalik Zaid Karim bilan bellaşdi va 2:0 (5:4, 3:1) hisobida ğalabaga erişdi.

E’tiborlisi, Uluğbek bungaça Osiyo çempionati va Osiyo öyinlari finalida ham Zaidni oltinsiz qoldirgandi.
22 yoşli Raşitov avvalgi bosqiçlarda Xaviyer Peres (Ispaniya), Lyan Yu Şua (Xitoy) va Lo Vai Fungdan (Hongkong) ustun kelgandi.

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasining medallari soni 4 taga yetdi. Avvalroq dzyudoda Diyor Keldiyorova oltin, Muzaffarbek Töraboyev va Alişer Yusupov bronza medaliga sazovor bölgandi.

















