Prezident Şavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida öz vazn toifalarida barça raqiblarini mağlub etib, oltin medallarni qölga kiritgan hamda ikki karra olimpiya çempioniga aylangan taekvondoçi Uluğbek Raşitov va boksçi Hasanboy Dösmatov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari sportçilarni qizğin tabriklab, jamoa tomonidan bir kun içida Olimpiadaning ikkita oltin medali qölga kiritilgani Özbekiston sporti uçun tarixiy voqea bölganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Yigitlarimizning dadil va işonçli çiqişlari, yuksak mahorati va mardligi çinakam qahramonlik namunasi bölgani, Yangi Özbekistonning yoşlari nimalarga qodir ekanini körsatgani, xalqimizga ulkan kuç va ğurur bağişlaganini ta’kidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.

Uluğbek Raşitov va Hasanboy Dösmatov alohida e’tibor va yuksak işonç, sportçilarga barça şaroitlar yaratilgani uçun davlatimiz rahbariga taşakkur izhor etib, ğalabalarini Yangi Özbekistonga bağişlaşlarini aytişdi.

Şavkat Mirziyoyev avvalroq Parij olimpiadasida Özbekiston delegatsiyasiga ilk oltinni taqdim etgan dzyudoçi Diyora Keldibekovaga ham telefon orqali qönğiroq qilgandi.