Parijdagi muvaffaqiyati sabab 22 yoşli Uluğbek Raşitov ikki karra olimpiada çempioni bölgan özbekistonlik ilk taekvondoçiga aylandi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ikki karra çempionlik maşaqqatlari, olimpiada vaqtidagi xavotirlari haqida gapirib berdi.

“Oyoğim sindi deb öyladim”

– Bu safargi olimpiada men uçun ança qiyin ötdi. Tokio olimpiadasida nisbatan yoş bölganman va mas’uliyat degan narsani hozirdagiçalik kuçli his qilmaganman. Parijga yöl olayotganimda olimpiada çempioni degan nomim bor edi, javobgarlik hissa bir neça karra yuqoriroq böldi. 

Olimpiadadan bir oy avval Koreyada ötkazilgan musobaqalarda jangga tuşib, çap oyoğimdan jarohat oldim. 4 haftadan oşiq vaqt mobaynida şifokor huzurida davolandim va deyarli çap oyoğimda maşq qila olmadim. Musobaqalarga yaqin qolganda esa “çap oyoğimni işlatmasdan qanday jang qilaman” degan xavotirlar boşlandi. Parijga yöl oliş arafasida oğriq biroz kamaydi.

Bu yilgi olimpiadada yarim finalda ispaniyalik raqibim Xaver Peres Polo bilan jangga çiqqanimda aynan öşa oyoğim bilan zarba berdim, çunki bu raqib bilan, asosan, çap oyoqda jang qiliş talab etilardi. Zarba yöllagan paytimda suyagim birdan qisirladi va oyoğim sindi, deb öyladim. Söng murabbiyimga qaradim, ular menga “örningdan tur, kuraş” dedilar. Öşanda orqamda köplab qöllab-quvvatlovçilar borligini his qilib, “oyoğim sinsa ham oxirigaça jang qilaman” dedim özimga özim. 

Doktorlarga rahmat – jarohatimga muz qöyişdi, tezda davolab katta yordam berişdi. Finalda ham natijamiz yaxşi böldi. Taekvondo böyiça 68 kg vaznda ikki karra olimpiada çempioni hozirgaça bölmagan, biz şu natijaga erişdik! Şohsupaga çiqqanda köz yoşlarimni yaşirib tura olmadim – yiğlab yubordim: harakatlarim öz samarasini berganidan quvonçim çeksiz edi. Heç bir sportçi buning qanday tuyğu ekanligini ifodalab bera olmasa kerak…

“Murabbiyim futboldan olib qolgan”

– Bolaligimda futbolga qiziqqanman, ayni şu sport turiga ötib ketmoqçi bölganimda murabbiyim Pavel Xan tayekvondoda qobiliyatim va imkoniyatlarim yaxşiroq ekanligini ta’kidlab, olib qolgan. 6 yoşimdan buyon uning qölida şuğullanaman. Pavel Xan har bir sportçi bilan alohida yondaşib işlaydi. Murabbiyim bilan erkin muloqot qilamiz, bir-birimizga döstdekmiz. U doimo töğri maslahat bergan, gaplariga quloq tutib kam bölmadim.

“