Ovoz beriş natijalariga köra, yilning eng yaxşi erkak sportçisi nominatsiyasida Özbekiston milliy jamoasi a’zosi, ikki karra Olimpiya öyinlari ğolibi Uluğbek Raşitov ğolib böldi.

Taqdirlaş marosimi Hongkongda davom etayotgan pumse böyiça jahon çempionati doirasida bölib ötdi. Unda çempionimiz Uluğbek Raşitov ham iştirok etib, Butunjahon taekvondo federatsiyasi boş kotibi Seo Jyeongkangdan öz sovrinini qabul qilib oldi.

Qayd etiş joiz, özbek taekvondoçisi ilk bor jahonda tengsiz deb topildi. Bunga qadar yuqori natijalarga erişgan sportçilarimiz dunyo miqyosida e’tirof etilmagan edi.

Taekvondo böyiça jahonning 2024 yildagi laureatlari:

«Yilning eng yaxşi erkak sportçisi» — Uluğbek Raşitov (Özbekiston)

«Yilning eng yaxşi ayol sportçisi» — Viviana Marton (Vengriya)

«Yilning eng yaxşi ayol para sportçisi» — Leonor Angelika Espinoza (Peru)

«Yilning eng yaxşi erkak para sportçisi» — Imomiddin Xalilov (Ozarboyjon)

«Yilning eng yaxşi zarbasi sohibi» — Park Teejun (Koreya Respublikasi)

«Yilning eng yaxşi murabbiyi» — Yesbol Sultanov (Tunis)

«Yilning eng yaxşi para murabbiyi» — Endryu Dir (Buyuk Britaniya)

«Yilning eng yaxşi Olimpiya hakami» — Muhamadali Elsayed (Misr)

«Yilning eng yaxşi Paralimpiya hakami» — Paula Ramires Ruis (Ispaniya).