Parij Olimpiadasida taekvondo böyiça bahslar davom etmoqda.
-68 kg vaznda Tokio Olimpiadasi çempioni Uluğbek Raşitov yarimfinalda ispaniyalik Xaver Peresga qarşi jang qildi. Qiyin bahsda özbekistonlik 22 yoşli sportçi jarohat olganiga qaramay, oxirigaça kuraşdi va ğalabaga erişdi (7:3, 3:3).

Olimpiadaga jahon reytingi yetakçisi sifatida taşrif buyurgan Uluğbek Raşitov turnirdagi iştirokini hongkonglik Lo Vai Fungni mağlub etiş (12:0, 9:2) bilan boşlagandi, çorakfinalda esa xitoylik jahon çempioni Lyan Yu Şuadan ham ustun keldi (2:1, 9:2).

Raşitovning navbatdagi raqibi jahon reytingida 6-örinda turgan iordaniyalik Zaid Karim böladi, u yarimfinalda 2-raqamli Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) ustidan qiyin ğalabaga erişdi - 2:1 (1:2, 4:2, 10:2). Oltin uçun hal qiluvçi jang Toşkent vaqti bilan 9 avgustga ötar keçasi, soat 00:19 da boşlanişi belgilangan.
Ma’lumot uçun, Parijdagi olimpiya öyinlariga Özbekiston taekvondoçilar jamoasi beş nafar sportçi bilan taşrif buyurgan.
9–10 avgust kunlaridagi bahslarda quyidagi taekvondoçilar bahslarga qöşiladi:
–80 kg: Jasurbek Jaysunov — Merhan Barhordari (Eron)
+80 kg: Nikita Rafaloviç — Arian Salimi (Eron)
+67 kg: Svetlana Osipova — Astan Katerine Fege (Kot-d'Ivuar)
–67 kg: Ozoda Sobirjonova — Aleksandra Perişiç (Serbiya)













