Markaziy bank iyul oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 12 foizni taşkil qilib, iyun oyiga nisbatan 0,8 foizga pasaygan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (51 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (44 foiz);
- valuta kursi özgarişi (39 foiz);
- monopoliya va narxlarning sun’iy oşirilişi (28 foiz);
- transport xarajatlarining oşişi (26 foiz).

Iyul oyida kommunal xizmatlar narxining oşişini, yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişini va valuta kursi özgarişini inflatsiyaga ta’sir qiluvçi asosiy omil sifatida qayd etgan respondentlar uluşi kamaygan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Iyul oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 11,2 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,7 foiz bandga pasaygan.
Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (50 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (42 foiz);
- valuta kursining özgarişi (38 foiz);
- transport xarajatlarining qimmatlaşişi (31 foiz).
- soliq yukining yuqoriligi (28 foiz);

Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma IT va OAV (12,7 foiz) sohasida işlovçilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani qişloq xöjaligi vakillari (9,7 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma umumiy ovqatlaniş tarmoğiga (12,2 foiz), eng optimistik kutilma esa turizm (9,8 foiz) sohasiga töğri kelgan.















