Poytaxt hokimiyati va “Taşkent Invest” AJ tomonidan yaqinda e-auksion.uz platformasiga tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun möljallangan yer uçastkalari joylaştirildi.
110 dan ortiq uçastkalar qatorida yaşillikka boy va bolalar maydonçasi mavjud bölgan 3,5 sotixli yerlar ham sotuvga qöyilgan. Xususan, Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasida qurilgan 2,5 sotixli bolalar maydonçasi 1 mlrd 219 mln sömga, Sebzor mahallasidagi 1 sotixli köp yillik daraxtlarga ega joy esa 512 mln 246 ming sömga baholangan.
Platformada köp qavatli uylar röparasida joylaşgan bu ikki yer uçastkasi 2 qavatli savdo va maişiy xizmat körsatiş binosi qurişga ixtisoslaşgani bildirilgan.
Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun sotib yuborilayotgan joylar masalasida mahalliy aholining fikri qançalik örganilgani, lotlarga bu yerlarning qöyiliş sabablari yuzasidan Kun.uz şahar hokimiyatiga sörov jönatdi. Hokimiyat matbuot xizmati bu borada rasmiy munosabat tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonun loyihasi tasdiqlanmasidan tumanlarda yangilanadigan hududlarning çegarasi belgilab berilgan edi.
ÖzLiDeP partiyasi hokimning bu qarori böyiça şoşmaşoşarlikka yöl qöymaslik kerakligini, renovatsiya xususiy mulk daxlsizligiga raxna solmasligi zarurligini aytgandi.

















