11 avgust kuni Kun.uz'da Toşkent şahar hokimiyati va “Taşkent Invest” AJ tomonidan e-auksion.uz platformasiga tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun möljallangan yer uçastkalari joylaştirilgani, ular qatorida Olmazor tumanidagi yaşil hudud va bolalar maydonçasi joylaşgan bölgan 2 ta yer uçastkasi ham sotuvga qöyilgani xabar qilingandi.


Uşbu vaziyat yuzasidan şahar hokimiyati rasmiy izoh berdi. Qayd etilişiça, bolalar maydonçasi joylaşgan Yangi Sebzor mahallasi "Obod mahalla" dasturiga kiritilgan bölib, şu asosda yangilanmoqda.
“Mahallaning yangi boş rejasi bevosita aholi istaklari va ular bilan kelişilgan holda işlab çiqilgan. Jumladan, bolalar maydonçasi joylaşuvini özgartiriş, ya’ni uni transport qatnovi qismidan içkariroqqa köçiriş ham aholi istagi edi. Şuningdek, loyiha hududdagi daraxtlar kesilişini istisno qiladi.
Rasmdan körinib turibdiki, maydonçaga eskirgan qurilmalar örnatilgan, ularning ayrimlari buzilgan, şuningdek, u töğridan-töğri yöl yoqasida joylaşgan bölib, bu aholi hayoti va soğliğiga xavf tuğdiradi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.


Qöşimça qilinişiça, şu sababli "Obod mahalla" dasturi doirasida maydonçani xavfsizroq joyga köçiriş, qoplamasini yangilaş va yangi arğimçoqlar hamda jihozlar bilan töldiriş rejalaştirilgan.
Hokimiyat matbuot xizmati Sebzor mahallasidagi köp yillik daraxtlar bor yer masalasida ham Kun.uz yuborgan sörovga javob berdi. Unga köra, soğlom köp yillik daraxtlarning barçasi saqlanib qolinadi, kamiga qöşimça ekiladi.
“Agar imkonsiz darajada halal qilsa, Ekologiya boşqarmasidan ruxsat olingan holda köçirilişi mumkin.


















