Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari «maxsus operatsiya»ni G‘arb bilan qurolli qarama-qarshilik deb atadi
Bunga AQSh va uning ittifoqchilarining o‘z hukmronligini saqlab qolish istagi sabab bo‘lmoqda, dedi Andrey Belousov.
«Maxsus harbiy operatsiya» - bu Rossiya va Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi kollektiv G‘arb o‘rtasida qurolli qarama-qarshilik.
Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov «Armiya-2024» forumining ochilish marosimida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda 12 avgust, dushanba kuni Rossiya davlat OAV.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurolli qarama-qarshilik «AQSh va uning ittifoqchilarining o‘z hukmronligini saqlab qolish, yangi ko‘p qutbli va teng dunyo tartibini barpo etish oldini olish istagi tufayli yuzaga kelgan».
«Shu ma’noda, bu qarama-qarshilik har bir davlat manfaatlariga daxldor», deb ta’kidladi Rossiya mudofaa vaziri.
Shuni tushunish kerakki, bunday zamonaviy harbiy mojarolarda muvaffaqiyatga erishish faqat qator asosiy shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirdagina mumkin, dedi Rossiya mudofaa vazirligi rahbari.
«Birinchidan, qo‘shinlarni eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlash. Avvalo, yuqori aniqlikdagi qurollar. Ikkinchisi - jangovar operatsiyalarning yangi taktik usullaridan foydalanish. Jumladan, uchuvchisiz tizimlar va robot tizimlarini qo‘llash», - dedi Belousov.
Vazir aytib o‘tgan uchinchi shart ilg‘or texnologik asoslardan, jumladan, sun’iy intellektdan foydalangan holda samarali boshqaruv tizimini yaratish.
To‘rtinchidan, harbiy kadrlar, asosan qo‘mondonlik tarkibini tayyorlashni muntazam takomillashtirish, dedi Belousov.
«Faqat ana shunday kompleks yondashuv dushmanga nisbatan to‘liq ustunlikni beradi. Aynan shu asosiy xulosa atrofida «Armiya» forumi ishini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri.
«Armiya-2024» forumi «Patriot» kongress-ko‘rgazma markazida ochilyapti va 2024 yil 12-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi, ko‘rgazmaning umumiy maydoni 340 ming kvadrat metrdan oshadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, forumda 83 davlatdan rasmiy harbiy delegatsiyalar, mudofaa idoralari boshliqlari va bosh shtab boshliqlari boshchiligidagi 39 delegatsiya ishtirok etadi. Forumda 120 dan ortiq xorijiy kompaniyalar vakillari qatnashyapti.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
Mavzuga oid
22:08 / 21.01.2025
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
15:20 / 16.01.2025
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
14:07 / 16.01.2025