«Xoçu jit» proyekti 30 nafarga yaqin harbiy libos kiygan, közlari skotç bilan yopilgan kişilar aks etgan videoni e’lon qildi. Söroq vaqtida ulardan uç nafari «Grozniydan» deya javob qaytaradi. «Xoçu jit» proyekti tasdiqlaşiça, videodagi kişilar Kursk oblastida asirga olingan «qodirovçilar»dir.

«Reyd guruhlari bu qodirovçilarni çegaradan ança içkarida tutib olişgan. Ularning sözlariga köra, ular asir tuşmaslik uçun qoçişga uringan, çunki Ramzan Qodirov qaçonlardir Axmat jangçilari asirga tuşmasligi haqida aytgandi. Odatda, ha, front ortida ötirganida şunday edi, ammo Kursk oblastida vaziyat dinamik ravişda özgarmoqda, Axmatning bu jangçilari esa hatto qarşilik körsatişga ham urinmadi», — deyiladi video bilan birga kelgan matnda.

Şuningdek, mualliflar «qodirovçilar» harbiy asirlarni almaştirişda alohida ahamiyatga egaligi, çunki rossiyalik muzokaraçilar «ularni eng birinçi navbatda olib ketişi»ni ta’kidlagan. Şuningdek, postda tasdiqlanişiça, aynan «Axmat» Ukraina qurolli kuçlari çegaradan ötişiga aybdor hisoblanadi: «Mohiyatan, agar ular Kursk ortidagi öninçi mudofaa çiziğida, muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar ortiga berkinmaganida, bunday tezkor yorib ötişning imkoni bölmasdi».

Avvalroq «Axmat» maxsus topşiriqli bölinmasi komandiri Apti Alaudinov Kursk oblastidagi yorib ötiş ortida «familiya, ism va şarif» borligini aytib, Vladimir Putin «töğri qaror qabul qilişi»ga umid bildirgandi. Z-kanallar mualliflari esa Alaudinov şu tariqa boş ştab boşliği Valeriy Gerasimovga işora qilayotganini yozişgan.

9 avgust kuni «ÇP Grozniy 95» Telegram-kanalida 21 yoşli askar «Axmat» «sroçniklar ortiga yaşiringani» haqidagi gaplari uçun uzr söragani videosi tarqalgandi.

Undan avvalroq esa Apti Alaudinov çeçen jangçilari çegaradagi pozitsiyalarda qolişgani, yuriş qilayotgan ukrain qöşini esa jangga kirişmay, ularni qandaydir tarzda aylanib ötib ketganini aytgandi. Ammo bu versiya bahsli: harbiy muxbir Yuriy Kotyonok «axmatçilar» Kursk oblastining aynan Ukraina qurolli kuçlari hujum boşlagan rayonlari böylab joylaştirilgani haqida aytdi. «VÇK-OGPU» Telegram-kanali qodirovçilar ukrain harbiylarining ilk zarbasidan keyinoq «soçilib ketgani» — ya’ni qoçib qolgani haqida yozgan.