Ukrainaga qarşi boşlagan uruşdan keyin joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötib, ehtiyot qismlar sotib olmoqçi bölgan Rossiyaning eng yirik aviakompaniyalaridan biri «Aeroflot» firibgarlar qurboniga aylandi, deb xabar beradi «Aviatorşina».
Qayd etilişiça, 2022 yilning yozida bir-biri bilan taniş bölgan moskvalik ikki tijoratçi — Dmitriy Şvetsov va Dmitriy Maşkin milliy aviataşuvçiga xorijdan ehtiyot qismlar yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolagan. Biznesmenlar 349 million rubl (3,8 million dollardan ortiq) miqdorida avans olgan, ammo belgilangan muddatda «Aeroflot»ga ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan. Natijada kompaniya huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.
Öşa yilning sentabrida Tergov qömitasi bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgan, ikkala tijoratçi ham qölga olinib, tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Töplangan hujjatlar Ximki şahar sudiga oradan bir yil ötib jönatilgan. 12 avgust kuni sudya «Aeroflot» bilan şartnoma imzolagan şaxslar uni bila turib bajariş niyatida emas, degan xulosaga kelgan. Şu bilan birga, ular oxirgi daqiqlarga qadar aviataşuvçi vakillari bilan uçraşuvlarga borib, kompaniyani aldab kelgan.
Natijada Şvetsov va Maşkinga beş yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Biznesmenlar öz aybiga iqror bölmagan.
Bu «Aeroflot»ning ehtiyot qismlar yetkazib berilişi bilan boğliq kamida ikkinçi marta çuv tuşişi. Joriy yilning iyul oyida avitaşuvçining «şöbasi» hisoblanuvçi «Rossiya» aviakompaniyasi samolyotlar uçun şinalar yetkazib beriş böyiça buyurtmani bajarmagan Aquila Technics ustidan 15,5 million rubllik sudni yutib çiqqandi. Uşbu firma oldinroq UTair’ga dvigatellar sotişni ham va’da qilgan, biroq ular 176 million rubllik şartnomani buzgan. Şunday qilib, Aquila Technics imzolagan bitimlarning umumiy qiymati 2,3 million dollarni taşkil etgan.
Vladimir Putin tomonidan Ukrainaga qarşi uruş boşlaş töğrisida qaror qabul qilingaç, Yevropa Ittifoqi, AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va boşqa qator davlatlar Rossiya samolyotlari uçun öz osmonlarini yopdi. Mahalliy aviakompaniyalar va ularning rahbarlari sanksiyalarga tuşdi. 2022 yilning mart oyi boşlarida Boeing va Airbus kompaniyalari Rossiya aviatarmoqlariga ehtiyot qismlar yetkazib beriş, texnik xizmat körsatişni töxtatdi. Şu sababdan Rossiya aviakompaniyalari muqobil ehtiyot qismlar manbalarini qidirişni boşlagan. «Rosaviatsiya» ma’lumotlariga köra, 2023 yili mamlakatda 700 ga yaqin aviatsiya hodisalari qayd etilgan bölib, ularning yarmidan köpi texnikalar, jumladan, dvigatellarning işdan çiqişi bilan boğliq.











