Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos bilan uçraşdi. Muzokaralar 13 avgust kuni Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohida bölib ötdi, deb xabar berdi Kremlga tayanib Meduza.

Putin ma’muriyatining ta’kidlaşiça, muzokaralar çoğida tomonlar «ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalarini» muhokama qilgan, şuningdek, «Falastin-Isroil mojarosining keskinlaşuvi munosabati bilan Yaqin Şarqdagi vaziyat va Ğazo sektoridagi misli körilmagan gumanitar falokat» haqida fikr almaşgan.

Muzokaralar avvalida, Putin Ukrainadagi uruşga qaramay, Ğazo sektorida sodir bölayotgan voqealar Rossiyaning e’tiboridan çetda qolmasligini aytgan.

«Hamma yaxşi biladiki, Rossiya bugun, afsuski, öz manfaatlarini himoya qilişi, qölida qurol bilan xalqini himoya qilişi kerak, biroq Yaqin Şarqda, Falastinda sodir bölayotgan voqealar, albatta, e’tibordan çetda qolmaydi», dedi Putin.

Putinning qöşimça qilişiça, Rossiya rasmiylari «Falastinda yuz bergan gumanitar falokatni katta alam va xavotir bilan kuzatmoqda».

«Birinçi navbatda, biz tinç aholi örtasidagi yöqotişlardan xavotirdamiz. BMT ma’lumotlariga köra, bu allaqaçon 40 ming kişi, asosan ayollar va bolalar», dedi Putin.

Mahmud Abbos, öz navbatida, Rossiyaga «Falastin masalasidagi pozitsiyasi» uçun minnatdorçilik bildirdi va Rossiyani «Falastin xalqining eng aziz döstlaridan biri» deb atadi.

Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos 12 avgust kuni taşrif bilan Moskvaga keldi, deb xabar qildi bir kun avval Taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov. Abbos Putindan taşqari arab elçilari bilan ham uçraşişni rejalaştirgan.