Tailand Konstitutsiyaviy sudi boş vazir Settxa Txavisinni etika qoidalarini qöpol ravişda buzganlikda aybdor deb topib, uni lavozimidan çetlatdi, deb xabar beradi Bangkok Post. Siyosatçi sud qarorini hurmat qilişini bildirdi.

Txavisin bahorda 2008 yili korrupsiya işida ayblanib, olti oy muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan advokat Piçit Çuenbanni öz kabinetiga vazir etib tayinlagani sababli Konstitutsiyada qayd etilgan etika qoidalarini buzganlikda ayblandi. Tergov versiyasiga köra, Piçit Çuenban ikki nafar hamkasbi bilan Oliy sud xodimlariga tuşlik uçun möljallangan qutilar içiga 2 million bat (57 ming dollar) sotilgan qoğoz paketni yaşirib, pora berişga uringan.

Joriy yil bahorda Çuenban vazir etib tayinlanganida Txavisin uşbu qaror qonunga mos ravişda yuridik maslahatlar asosida qabul qilinganini aytgandi. Çuenban öz lavozimini tark etgan.

Çuenban, şuningdek, sobiq boş vazir Taksin Çinavat hamda uning rafiqasi manfaatlarini himoya qilgani bilan ham tanilgan. Hukumatning sobiq rahbari Tailand banki tuzilmasidan yer sotib olişda mansab vakolatini suiiste’mol qiliş işida ayblangan. 2008 yilda Taksin Çinavat ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mamlakatda yangi boş vazir saylangunga qadar uning vazifasini hukumat rahbarining örinbosari Pumtam Veçayaçay bajarib turadi.