Rim papasi Fransisk blokadadagi Ğazo sektorida öt oçişni töxtatişga erişiş va mojaro kengayişiga yöl qöymaslik uçun barça sa’y-harakatlarni körişga çaqirdi. Papa 15 avgustda katoliklar tomonidan nişonlangan ibodatda tegişli murojaat qildi.
Pontifik hujumlar davom etayotgan Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatib borayotganini aytdi.
«Men Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyatni xavotir bilan kuzatişda davom etyapman. Yana bir bor barça jabhalarda öt oçişni töxtatişni, garovga olinganlarni ozod qilişni va odamlarga yordam berişni talab qilaman. Men barçani mojaroning kengayişiga yöl qöymaslik uçun sa’y-harakatlarni amalga oşirişga, bu fojiaga imkon qadar tezroq barham beriş uçun muzokaralar yölidan borişga çaqiraman. Uruş - mağlubiyat ekanligini unutmaylik», - dedi Rim papasi Fransisk.


















