Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida sentabr oyida lavozimini tark etadigan böldi: u navbatdagi saylovda nomzodini qöymaydi. Yaponşunos Mehriniso Abdurasulovaga köra, keçiktirilgan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitiga Kişida emas, kunçiqar yurtning yangi rahbari kelişini kutiş mumkin.
Kişidaning lavozimni topşiriş qaroriga sabab – siyosiy mojaro va iqtisodiy omillar tufayli hukumatning reytingi tuşib ketgan.
“Siyosat jamoatçilik işonçisiz bölmaydi. Menga bölgan işonç qolmagan ekan, davom etişimdan ham ma’no yöq. Endilikda men faoliyatimni yangi saylangan Liberal-demokratik partiya rahbarini qöllab-quvvatlaşga qarataman”, degan boş vazir öz iste’fosiga munosabat bildirib.
Yaponiyada oxirgi 3 yildagi nisbatan yuqori inflatsiya aholi noroziligiga sabab bölmoqda. Bu borada qator namoyişlar ham bölib ötgan. Hukumat körgan çoralar narxlarni yetarliça barqarorlaştira olmagan.
Kişida va uning partiyasi jamoatçilik işonçini yöqotişiga ta’sir etgan yana bir omil – siyosiy mojaro. Ötgan yili kuzda Liberal-demokratik partiya rasmiylari saylovçilarning siyosiy maqsadlardagi xayriyalarini özlaştirib yuborgani ma’lum bölgaç, bu katta rezonansga olib kelgandi.
Şuningdek, hukmron partiya “Birlaşuv” nomidagi xristian çerkovi bilan aloqalarga ega ekani ham aniqlangan. Saylov kampaniyasida partiya çerkovdan va bir qança noma’lum manbalardan mablağlar olgan. Bu esa aholi orasida tuşunmovçilik va savollarni keltirib çiqargan.
Yaponşunos Mehriniso Abdurasulovaga köra, Yaponiya milliy valutasi iyena kundan kunga qadrsizlanmoqda. Yaşaş xarajatlari ortgan. Bunga esa pandemiya, undan keyingi iqtisodiy qiyinçiliklar, Ukraina uruşi va asosan, harbiy xarajatlarning oşirilgani sabab bölgan. Rasmiy Tokio mintaqada Xitoy, Şimoliy Koreya va Rossiya xavfi oşgani ortidan harbiy xarajatlarini ham oşirişga majbur bölgan.
Kişida örniga kelayotgan boş vazirga ham oson bölmaydi. Çunki Yaponiya dunyoning eng katta 4-iqtisodiyoti ekan, uni izga soliş, uşlab turiş oson emas. Çunki ayni davrda bu davlatda narx-navo notabiiy ravişda ösib bormoqda. Hukumat buni deyarli nazorat qila olmayapti. Bozorni barqarorlaştiriş uçun ajratilayotgan dotatsiyalar esa mayda-mayda bölib, bölinib ketmoqda.
Şohrux Majidov suhbatlaşdi.















