Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudlar xalq deputatlar kengashlari oldida hisobot bermaydi
Mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan.
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Endilikda xalq deputatlari kengashlari sud raislarini sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishmaydi.
Mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Ma’lumot uchun: ushbu talab 2018 yilda joriy etilgan edi.
Shu bilan birga, endilikda sud raislari har chorakda OAV orqali jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida xabardor qilib borishadi.
Shu bilan birga, sudyani qamoqqa olish shartlari o‘zgarmoqda.
Ilgari sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu ehtiyot chorasini sudya tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilganda ham qo‘llash mumkin.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026