Tarmpning saylovoldi ştabi qança odam çiqarib yuborilişi haqidagi savolga turliça javob berayotgan bir paytda, vitse-prezidentlikka nomzod Jyeyms Vens ABC News’ga bergan intervyusida bitta raqamni aytdi: “Keling, bir milliondan boşlaymiz”.

Bu va’da Tramp platformasining asosiy elementiga aylangan bölsa-da (uning mitinglarida “Hoziroq ommaviy deportatsiya!” deb yozilgan plakatlarni köriş mumkin), ekspertlarning ta’kidlaşiça, bunça odamni çiqarib yuboriş jiddiy huquqiy va amaliy qiyinçiliklarga olib keladi.

Qanday huquqiy muammolar mavjud?

Içki xavfsizlik vazirligi va Pew Research tadqiqot markazining sönggi ma’lumotlariga köra, hozirda AQŞda 11 millionga yaqin noqonuniy muhojirlar istiqomat qiladi. Bu körsatkiç 2005 yildan beri nisbatan barqaror bölib turibdi.

Ularning aksariyatini doimiy yaşovçilar taşkil qiladi: deyarli beşdan tört qismi ön yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatda.

AQŞda qonuniy maqomga ega bölmagan muhojirlar çiqarib yuboriliş oldidan sud muhokamasidan ötiş huquqiga ega. Deportatsiyalar sonining keskin köpayişi, şusiz ham keçikişlardan aziyat çekayotgan immigratsiya sudlari tizimining yanada kengayişiga olib keladi.

Mamlakatdagi muhojirlarning aksariyati immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) agentlari bilan uçraşiş orqali emas, balki mahalliy huquqni muhofaza qiliş organlari vositasida deportatsiya tizimiga kiradi. Biroq AQŞning köplab yirik şaharlari va okruglarida mahalliy politsiyaning ICE bilan hamkorligini çeklovçi qonunlar qabul qilingan.

Trampning saylovoldi ştabi uşbu “boşpana şaharlar”ga qarşi çoralar körişga va’da berdi, ammo Amerikaning mahalliy, davlat va federal qonunlari xilma-xilligi vaziyatni yanada murakkablaştiradi.

Vaşingtondagi Migratsiya siyosati instituti (MPI) siyosiy tahlilçisi Ketlin Buş-Jozefning ta’kidlaşiça, ICE va mahalliy hokimiyat örtasidagi hamkorlik masalasi har qanday ommaviy deportatsiya dasturining “kritik” jihatiga aylanyapti.

Misol tariqasida Buş-Jozef avgust boşida Floridadagi Brovard va Palm-Biç okruglari şeriflari tomonidan berilgan bayonotni keltirdi, unda şeriflar heç bir ommaviy deportatsiya rejasini amalga oşirişga öz yordamçilarini yubormasligini aytişgan.

“