16 avgust kuni Moskvaning Basmanniy sudi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktda ayblanayotgan Tojikistonning tört nafar fuqarosini hibsda saqlaş muddatini tergov organlari talabiga binoan uzaytirdi.

Mahkama yopiq eşiklar ortida ötdi. Tergov organlarining iltimosiga binoan Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Murodali Rajabalizoda va Fariduni Şamsiddin yana uç oyga — 2024 yil 22 noyabrga qadar hibsda qoladigan böldi. Uşbu tojikistonliklar teraktning bevosita ijroçilari sifatida gumonlanmoqda.

Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga hujum joriy yilning 22 mart kuni sodir böldi. Tört nafar qurolli şaxs konsertga kelgan odamlarga qarata öq uzdi, zalga öt qöydi, söng binoni tark etib, maşinada qoçib ketdi. Oqibatda 144 kişi halok böldi, bir neça yuz kişi jarohatlandi.

Uşbu hujum zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biriga aylandi. Terakt uçun javobgarlikni «Viloyati Xuroson» terrorçilik taşkiloti öz zimmasiga oldi. Rossiya huquq-tartibot idoralari hujumni sodir etişda va uyuştirişda yordam berişda gumon qilingan 18 kişini qölga oldi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolaridir.