Kaliforniya universiteti (AQŞ) olimlari real vaqt rejimida miya signallarini nutqqa aylantiruvçi yangi çip işini namoyiş etdi. Reuters xabariga köra, u Ameotrofik lateral skleroz (ALS) bilan kasallangan 45 yoşli Keysi Harrel nutqini tiklaşga yordam berdi.
Uşbu yangi «miya-kompyuter» interfeysi ovozli yordamçi bilan jihozlangan bölib, bemorning ovoziga aniq taqlid qiladi. Bunga Sun’iy intellekt (SI) tomonidan kasallikdan oldin yozib olingan audio namunalarni örganib çiqiş natijasida erişilgan.
Birinçi sinov natijalari şuni körsatdiki, texnologiya miya signallarini 97 foizgaça töğri taniydi. Bundan taşqari, dastlabki samaradorlik 99,6 foizni taşkil etgan. Bu körsatkiç neyroçip söz boyligini 50 tadan 125 minggaça oşirgandan söng kamaygan. Ammo bu hali ham juda yaxşi körsatkiç, demoqda olimlar.
«Miya-kompyuter» interfeysi ötgan yozda Harrel miyasiga implantatsiya qilingan edi. U 256 ta mikroelektroddan iborat.
Bu ALS bilan kasallangan bemorga muloqot qiliş qobiliyatini tiklaşga yordam bergan yagona miya çipi emas. Ötgan yili, masalan, xuddi şunday tizim 36 yoşli nemisning ovozini tiklagan edi.

















