Stenford universiteti (AQŞ) olimlari odamlar hayoti davomida bir tekisda emas, balki ikki bosqiçda qarişini aniqladi. Bu vaqtda soğliq bilan boğliq muammolar, şu jumladan yurak-qon tomir tizimi va tayanç-harakat tizimi kasalliklari tösatdan paydo böladi.

Tadqiqotda 25 yoşdan 70 yoşgaça bölgan 108 kişi iştirok etdi. Bir neça yil davomida ular qon va najas namunalarini, şuningdek, teri, burun va oğizdan tahlillarni topşirişdi. Olimlar iştirokçilarning tanasida mavjud bölgan 135 mingga yaqin turli molekulalar va mikroorganizmlarni tahlil qilişdi. Natijada, ular 246 milliarddan ortiq ma’lumot nuqtasini oldilar, ulardagi özgarişlarni izlab, qayta işladilar.

Insonning hayot davomida rivojlanişi bosqiçma-bosqiç özgarişlar ketma-ketligi sifatida ifodalanişi mumkin. Ma’lum bölişiça, salomatlikdagi keskin özgarişlar ikki bosqiçda sodir böladi: birinçisi 44 yoşda, ikkinçisi esa 60 yoşda.

«Biz şunçaki vaqt ötişi bilan asta-sekin özgarmaymiz; haqiqatan ham uşbu yoşda keskin özgarişlar röy beradi», dedi tadqiqot muallifi Maykl Snayder.

Tadqiqotçilar, ayniqsa, birinçi bosqiçdan hayratda qolişdi. «Ehtimol, erkaklarda ham, ayollarda ham bu özgarişlarga ta’sir qiluvçi boşqa, muhimroq omillar ham bor», dedi tadqiqot mualliflaridan biri Syaotao Şen.

Qarişning birinçi bosqiçida yurak-qon tomir kasalliklari bilan boğliq bölgan molekulalarda, şuningdek, organizmning alkogol, kofein va lipidlarni metabolizatsiya qiliş qobiliyatida katta özgarişlar yuz berdi. Ikkinçi bosqiçda uglevod almaşinuvi, buyraklar faoliyati va immunitetni tartibga soliş uçun mas’ul bölgan molekulalar ta’sirlandi. Teri va muşaklar esa har ikkala bosqiçda qarişi aniqlandi.

Olimlarning ta’kidlaşiça, tanlovlar hajmi va biologik namunalar soni juda kiçik, şuning uçun köproq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq, bu inson tanasining vaqt ötişi bilan qanday özgarişini tuşuniş uçun muhim qadamdir.