Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya 17 avgust kuni Kobulga taşrif buyurdi. Mahalliy naşrlarga köra, Aripovning Kobulga taşrifidan maqsad – Özbekiston mahsulotlari körgazmasini oçiş va “Tolibon” bilan muzokara ötkazişdir.

Bu bilan, Özbekiston hukumati rahbari “Tolibon” nazoratidagi Afğonistonga taşrif buyurgan eng yuqori lavozimli mansabdorlardan biriga aylandi.

Boş vazir taşrifidan bir kun oldidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulga borib, “Tolibon” vakillari bilan uçraşgan. Unda Kobul va Toşkentda “Tolibon” va Özbekistonning savdo palatalarini taşkil etiş va iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.