2024/2025 öquv yili uçun oliy va professional ta’lim muassasalariga kiriş test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlar uçun professional ta’lim muassasalariga tanlov boşlanyapti. Bu haqda Bilimlarni baholaş agentligi ma’lum qildi.
Abituriyentlar 18-27 avgust, 10 kun oraliğida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim şaklini tanlaşlari kerak böladi. Abituriyentlar tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz tanlovlarini özgartirişlari mumkin.
Agentlikning qöşimça qilişiça, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Oldinroq, bakalavriat bosqiçining yakuniy mandati natijalari e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi. Talabgorlar kirgan yoki kirmaganliklarini bu yerdan bilib olişlari mumkin.












