Tailand parlamenti milliarder va sobiq boş vazirning qizi Petongtarn Çinavatni hukumat rahbari lavozimiga sayladi, deb xabar beradi BBC. 37 yoşli Petongtarn eng yoş boş vazir va uşbu lavozimga saylangan ikkinçi ayolga aylandi.
Petongtarn Çinavatning saylanişi Tailand Konstitutsiyaviy sudi boş vazir Settxa Txavisinni axloq qoidalarini qöpol ravişda buzganlikda aybdor deb topib, uni lavozimidan çetlatganidan ikki kun ötib amalga oşirildi. Ikkala partiya ham 2023 yilgi saylovlarda ikkinçi örinni qölga kiritgan, biroq hukmron koalitsiyani şakllantirgan edi.
Petongtarn oldida murakkab vazifa turibdi — Tailand iqtisodiyotini jonlantiriş va uning partiyasi boşçiligidagi törtta oldingi hukumatni ağdargan harbiy töntarişlar va sud aralaşuvlaridan qoçiş.
«Barça tailandliklarning hayotini yaxşilaş va imkoniyatlarni kengaytiriş yölida odamlarda işonç uyğota olişimga işonaman», — deydi Petongtarn 16 avgust kuni bölib ötgan ovoz beriş jarayonlaridan keyin.
U mazkur holatdan hayratga tuşib, qöllari hayajondan titraganini, «xonadagilar orasida eng yaxşi yoki eng qobiliyatlisi bölmaganini» tan oldi.
Petongtarn nomzodini parlament vakillarining 319 nafari ma’qullagan bölsa, 145 nafari qarşi ovoz bergan. Şunday qilib, u oxirgi 20 yilda boş vazir lavozimiga tayinlangan Çinavat oilasining törtinçi vakiliga aylandi.
Bundan oldin uning otasi Taksin va ammasi Yinglak harbiy töntariş hamda Konsitutsiyaviy sud qaroriga köra, hokimiyatdan çetlatilgan edi.
Tailand sobiq boş vaziri Settxa Txavisin bahorda 2008 yili korrupsiya işida ayblanib, olti oy muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan advokat Piçit Çuenbanni boş vazir idorasi vaziri etib tayinlagani sababli Konstitutsiyada qayd etilgan axloq qoidalarini buzganlikda ayblangan edi. Tergov versiyasiga köra, Piçit Çuenban ikki nafar hamkasbi bilan Oliy sud xodimlariga tuşlik uçun möljallangan qutilar içiga 2 million bat (57 ming dollar) sotilgan qoğoz paketni yaşirib, pora berişga uringan.











