17 avgust kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi Afğonistonga taşrif buyurdi. Boş vazir matbuot kotibining xabar berişiça, taşrif doirasida Kobulda Afğoniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Barodar, boş vazirning ma’muriy masalalar böyiça örinbosari Abdus-Salom Hanafiy, boş vazirning siyosiy masalalar böyiça örinbosari Abdul Kabir va Taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilgan.

«Unda davlatlarimiz örtasidagi aloqalar döstlik, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga asoslangani, Özbekiston Afğonistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaraşi qayd etildi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Afğonistonda amaldagi hukumat bilan xalqaro muloqot örnatilmasa, heç qanday ijobiy natijaga erişib bölmasligini ta’kidlagan. Aynan Davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan 2022 yilda qabul qilingan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo örtasida aloqalarni örnatişda Afğoniston alohida örin tutişi e’tirof etilgan», – deyiladi rasmiy relizda.

Şu ma’noda, Özbekiston Afğoniston muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va özaro maqbul muloqotni yölga qöygan.

Uçraşuvda Afğoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantiriş, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda özlaştiriş loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, transport-logistika, qişloq va suv xöjaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, özaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkaziş böyiça barça imkoniyatlar mavjudligi, buning uçun işga solinmagan resurslarni özaro manfaatli asosda amaliyotga tatbiq qiliş lozimligi ta’kidlandi. Bunda ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qiliş hamda imtiyozli savdo töğrisidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirişga katta turtki berişi ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinişiça, «uçraşuv sönggida qator hujjatlar imzolangan», lekin qanday turdagi hujjatlar ekanligi oçiqlanmagan.