Duşanbadan boşlab salqin havo respublika hududidan çekina boşlaydi, deya xabar bermoqda “Özgidromet”.
Dam oliş kunlarida Özbekiston hududiga salqin havo kirib keldi. Ötgan haftada kuzatilgan kuçli issiqdan söng respublika hududining katta qismida harorat 8−10 darajagaça pasaydi.
Hafta boşidan havo harorati asta-sekin kötariladi, lekin iş haftasining oxirigaça nisbatan qulay böladi. Kunduz kunlari havo +30…+35 darajagaça, ba’zi joylarda +37 darajagaça isiydi.
Uşbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Şarqiy yönalişdagi şamol 7−12 m/s tezlikda esadi, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida havo kam bulutli böladi. Şamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan keçalari +18…+21, kunduz kunlari +32…+35 daraja böladi.












