Bugun, 19 iyun kungi brifingda Sanepidqömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikromov maymunçeçakning yuqişi va unga qarşi Özbekistonda olib borilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi. Ikromovning ta’kidlaşiça, maymunçeçak kasalligi virusli infeksiya bölib, odamlarga ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqişi mumkin.
Şuningdek, u kasallik Özbekistonga kirib kelgan taqdirda, qanday çoralar körilişini sanadi. Jumladan:
• yuqumli kasalliklar şifoxonasida yotqiziş maqsadida şifo-örinlari, zarur dori vositalari zaxirasi taşkil etildi;
• kasallikka çalingan bemor bilan muloqotda bölganlarning 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini taşkil etiş belgilab olindi;
• kasallikning çetdan kirib kelişi va tarqalişi oldini oliş borasida xalqaro aeroportlarda, temiryöl va avtomobil yöllari orqali çegara kesişgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining huşyorligi oşirildi;
• maymun çeçagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi böyiça uslubiy qöllanma asosida mutaxassislarning malakasi oşirildi;
• kasallikni laborator aniqlaş uçun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.
Sanepidqömita vakili bu kasallikning Özbekistonga kirib kelmasligi uçun qat’iy çoralar körilayotganini eslatib, fuqarolardan har qanday holatda şifokorlarga işonç bildirişni va soğliğiga jiddiy munosabatda bölişni söradi.
“Turli davlatlarga taşriflarni heç kim çegaralagani yöq, biroq öşa davlatlarda bölib qaytgandan söng yoki boşqa sabablarga köra soğliğimizdagi ba’zi özgarişlarni faqat şifokorlarga murojaat qilgan holda töğri taşxislaş va davolaş kerakligini unutmaslikni sörayman”, – dedi Rustam Ikromov.
Ma’lumot uçun, 14 avgustda JSST maymunçeçak kasalligi tarqalişi böyiça favqulodda holat e’lon qilgandi. Kasallikning IIb kladasi 2022-2023 yillarda asosan Afrika davlatlarida tarqalgan edi. 2024 yilda Ib kladasi yangi tölqinni keltirib çiqarayotgani ma’lum qilindi.












