Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris Illinoys ştatining Çikago şahrida bölib ötayotgan partiya milliy qurultoyida rejadan taşqari nutq sözladi. AQŞ vitse-prezidenti 19 avgust, duşanba kuni qilgan murojaatida uning foydasiga saylovoldi poygasida qatnaşişdan boş tortgan Oq uy rahbari Jo Baydenga minnatdorçilik bildirdi.
«Jo, tarixiy yetakçilik va xalqimiz oldidagi umrboqiy xizmat uçun rahmat. Biz minnatdormiz», dedi Harris. «Kelinglar, bizga aziz bölgan ideallar uçun kuraşaylik va kuraşganda ğalaba qozoniş mumkinligini doimo yodda tutaylik», dedi u olqişlarga javoban.
Zalda bölganlar «AQŞ», «Ovoz beramiz, ğalaba qozonamiz» degan yozuvlar tuşirilgan plakatlarni silkitdi, deb yozadi Reuters. Harrisning asosiy nutqi 22 avgustga rejalaştirilgan.
Klinton: Biz Amerika tarixida yangi sahifa yozyapmiz
Şu kuni AQŞ sobiq davlat kotibi Xillari Klinton ham yiğilganlar oldida nutq sözladi. 2016 yilda u AQŞdagi asosiy partiyalardan biridan prezidentlikka nomzod bölgan birinçi ayol nomzodga aylandi. Klinton respublikaçi raqibi Donald Trampni 1 milliondan ortiq ovoz bilan ortda qoldirdi, biroq saylovçilar tizimi tufayli ğalaba qozona olmadi.
«Mening hayotim va mamlakatimiz tarixi şundan iboratki, taraqqiyotga erişiş mumkin, ammo u kafolatlanmagan», dedi u yiğilganlarga. «Biz hozir Amerika tarixida yangi sahifa yozyapmiz», dedi Klinton.
Jo Bayden keyinroq jamoatçilik oldida çiqiş qiladi.
Demokratik partiya dasturiy platformasi Çikagoda tasdiqlanadi
19 avgust kuni Çikagoda AQŞ Demokratik partiyasining 49-milliy qurultoyi oçildi, unda vitse-prezident Harris prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida iştirok etişga rozilik beradi. Qurultoyda partiyaning dasturiy platformasi ham tasdiqlanadi.
Ğazo sektoridagi uruşga qarşi minglab namoyişçilar şaharda töplanişdi.
Forum jami 50 mingga yaqin kişini öz atrofida birlaştirişi kutilmoqda. U 22 avgustgaça davom etadi.
AQŞda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuniga belgilangan. Jo Bayden Demokratik partiya a’zolarining xavotirlari ortib borayotgan bir paytda, 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan çiqişini e’lon qildi va Harris nomzodini qöllab-quvvatladi. U eng yuqori davlat lavozimiga nomzodini qöyişga rozi böldi va milliy qurultoyda demokrat delegatlar tomonidan rasmiy nomzodlikka muddatidan oldin tasdiqlandi. Harris saylovda ğalaba qozonsa, özining vitse-prezidenti sifatida körayotgan Tim Uolsni qöllab-quvvatlaş uçun ovoz beriş ham şunçaki rasmiyatçilikdir.


















