Bojxona qömitasi Özbekistonga eng köp import bölayotgan tovarlarga oid ma’lumotlar bazasini işga tuşirdi. Kun.uz oçiqlangan ma’lumotlarni örgangan holda, ayrim turdagi elektrotexnika mahsulotlarining importi sezilarli miqdorda kamayganiga e’tibor qaratdi.
Ma’lum bölişiça, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida 556,8 mln dollarlik elektrotexnika mahsulotlari import qilingan. Bu guruhdagi tovarlar importi ötgan yilga nisbatan 1,7 foizga qisqargan.
Xususan, ötgan yilning dastlabki 7 oyida 43,8 mln dollarlik 281 ming 193 dona konditsioner olib kirilgan bölsa, joriy yilning şu davrida bu körsatkiç qiymat jihatdan 14,8 mln dollarga, miqdor jihatdan 137 ming 297 donagaça kamaygan. Miqdoriy qisqariş 51,2 foizni taşkil qilgan.
Sovitkiç va muzlatkiçlar importi esa 35,4 foizga: 185 ming 426 donadan 119 ming 805 donagaça qisqargan.
Yanvar-iyul oylarida Özbekistonga 128 ming 690 dona mikrotölqinli peç import qilingan bölib, bu – ötgan yilning mos davri (147 ming 821 dona)ga nisbatan 19 ming 131 donaga kam. Qisqariş – 13 foiz.
Şuningdek, bu davrda dazmol importi 45,8 foizga (597 ming 387 donadan 323 ming 440 donaga), televizor importi 43,3 foizga (153 ming 125 donadan 86 ming 771 donaga) kamaygan.
Ayni paytda, kir yuviş maşinalari importi 16,5 foizga (159 ming 626 donadan 186 ming 64 donagaça), elektr suv isitkiçlari olib kiriş esa 2,2 foizga (87 ming 234 donadan 89 ming 160 donaça) oşgan.
Nega import keskin qisqardi?
2024 yilning yanvar-iyul oylarida Özbekistonga 127,7 mln dollarlik maişiy texnika mahsulotlari import qilingan. Bu ötgan yilning mos davrida 176,3 mln dollarni taşkil etgan. Kamayiş – 27,5 foiz

















