«Sizlarga yanada qulay sharoitlar yaratib berishga doim tayyorman» - prezident tadbirkorlarni qo‘llashda davom etishini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Nukus shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Butun mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni Qoraqalpog‘iston misolida yaqqol ko‘rish mumkinligi ta’kidlandi.
Bugungi tahlikali va murakkab zamonga qaramasdan, iqtisodiyot barqaror o‘sib borayotgani, dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar yetakchilari buni e’tirof etayotgani qayd etildi.
Yaqinda Xalqaro valuta jamg‘armasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqladi.
Shunday yuksak marraga erishishda ilg‘or texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azm-u shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani e’tirof etildi.
Prezident rivojlangan davlatlarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, katta-katta natijalari bilan yurtimiz nomini chet elliklarga tanitayotgan ko‘plab vatandoshlarimiz borligini qayd etdi.
Bugungi uchrashuvda 40 dan ziyod ana shunday vatanparvar, ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Kuni kecha ilg‘or biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun o‘z nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.
«Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus ko‘rsatishdan charchamanglar. Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!» - dedi prezident.
Prezidentdan boshlab bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman – barcha-barcha rahbarlar yil bo‘yi tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo‘ldi.
Tadbirkorlar ko‘targan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlandi, 8 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so‘m yo‘naltirildi.
Eng muhimi – mahalladagi mikroloyihadan tortib, megaloyihagacha qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
Ilgari kredit, bozor topish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, tinimsiz «tekshir-tekshirlar» sababli 60 foiz yangi tadbirkorlar faoliyati birinchi yilning o‘zidayoq to‘xtab qolar edi.
Hozir esa uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetdi. Yana 100 mingdan ziyod shunday yakka tartibdagi tadbirkorlar bor.
Bu yilning o‘zida tadbirkorlarning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘payib, 986 trillion so‘mga yetdi.
Yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘rta korxonalar 2 karra ko‘paydi.
Aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ldi.
Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi «mahallabay» va «mijozbay» ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion so‘m foydaga chiqdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

22:58 / 30.12.2024
FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda

15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi

12:30 / 23.10.2024