Rossiya va Ğarb örtasidagi mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan rossiyalik muxolifatçi va sobiq siyosiy mahbus Ilya Yaşin Germaniyadan siyosiy boşpana oliş taklifini rad etganini aytdi. Siyosatçi 20 avgust, seşanba kuni Bloomberg agentligiga intervyu berdi. 

Yaşinning sözlariga köra, boşpana olişga rozi böliş uning Rossiyaga qaytib kela olmasligini bildiradi. Germaniya Içki işlar vazirligi izoh berişdan boş tortdi. 

Sanksiyalar röyxatini kengaytiriş uçun lobbiçilik qiladi

Agentlikning ta’kidlaşiça, muxolifatçi Germaniyada yaşaş uçun ruxsat söragan va Yevropa rasmiylari orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimiga aloqador şaxslarga nisbatan sanksiyalarni kengaytiriş uçun lobbiçilik qilmoqçi. «Faqat 2000 kişi sanksiya ostida, lekin 20 ming bölişi kerak», - dedi Yaşin.

Siyosatçining sözlariga köra, u almaşişga tayyorgarlik köriş uçun Moskvadagi tergov izolyatoriga ötkazilganda, Konstitutsiya qoidalariga asoslanib, Rossiyada qolişni talab qilib, ariza yozgan. Bayonotga e’tibor berilmadi va u işga ilova qilingan muddati ötgan Rossiya pasporti bilan samolyotga olib borilgan.

«Almaştiriş kuni yonimga bir neça maxsus kuçlar vakili keldi va ular meni göşt kabi joylab, boğlab, jönatişlarini angladim», dedi u. «Ular menga: «Agar siz (Rossiya Federatsiyasiga) qaytsangiz, boşqa siyosiy mahbuslar heç qaçon ozod etilmaydi. Agar qaytib kelsangiz, almaşinuv bölmaydi», dedi», — deya qöşimça qildi siyosatçi.