Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilgan ispaniyalik Mariya Branyas Morera 117 yoşida vafot etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Marhumaning qarindoşlarini aytişiça, Moreraning joni uyqudalik paytida uzilgan. U oxirgi 20 yildan beri qariyalar uyida yaşab kelayotgan, şu yilning mart oyida özining 117 yoşnini nişonlagan edi. Ölimidan oldin ayol özida xolsizlikni sezayotganini aytgan. «Vaqt yaqinlaşib qoldi. Yiğlamanglar, men köz yoşlarni yaxşi körmayman. Va, eng avvalo, meni deb azob çekmanlar», — degan ayol.

Mariya Branyas Morera 1907 yilning 4 mart sanasida San-Fransiskoda dunyoga kelgan, biroq sakkiz yoşida oilasi bilan Kataloniyaga köçib kelgan va butun umr şu yerda qolgn. U ispan grippi, Ispaniyada fuqarolar uruşini boşdan ötkazgan.

Morera Joan Morera ismli şifokorga turmuşga çiqib, undan uç farzandni dunyoga keltirgan. 1976 yilda beva qolgan, keyinroq esa farzandlarining biridan ayrilgan — yagona öğli Avgusta vafot etgan. 2023 yilning yanvarida Ginnesning rekordlar kitobi Morerani dunyodagi eng keksa ayol sifatida tan olgan edi.

Eslatib ötamiz, ikkita jahon uruşi va pandemiyadan omon çiqqan dunyodagi eng keksa inson — fransiyalik Lyusil Randon 2023 yil yanvarda 118 yoşida vafot etgandi.