Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge mpox (maymun çeçagi) virusi tarqalişi bilan boğliq epidemiologik vaziyat yuzasidan bayonot berdi. U mpox epidemiyasi kovid darajasida emasligi, uni töxtatiş imkoni borligini ma’lum qildi. Vakilga köra, buning uçun zarur profilaktik çora-tadbirlar kuçaytirilişi kerak.
“Biz mpox virusi bilan qanday kuraşişni bilamiz. Infeksiya öçoqlari aniqlangan va virus tarqalişi xavfi yuqori hududlarda vaksinalar ta’minotini oşiriş lozim”, – dedi Hans Klyuge.
Bayonotga köra, iyun oxirigaça 116 mamlakatda kasallaniş holatlari qayd etilgan. Virus asosan Markaziy Afrika Respublikasi, Burundi, Keniya va Ruandada köproq aniqlangan. Hozir virusning Ib deb nomlangan yangi ştammi tarqalyapti. Mutatsiya Kongo Demokratik Respublikasida 500 kişining ölimiga sabab bölgan. Bu tur avgust boşida Şvetsiyada ham aniqlangan.
Britaniyalik olimlar fikriça, Ib mutatsiyasi boşqa ştammlarga qaraganda yuqumliroq va oğirroq asoratlarni keltirib çiqaryapti. Hans Klyuge esa har qanday ştammni epidemiologik çoralar va vaksinalar orqali nazorat qilsa böladi degan fikrda.
Ma’lumot uçun, 14 avgustda JSST mpox virusi tarqalişi böyiça favqulodda holat e’lon qilgandi. Sanepidqöm esa Özbekistonda mpox virusi kirib kelişiga yöl qöymaslik uçun çoralar körilayotgani haqida xabar bergandi. Şunindek, qömita xorijdan kelayotgan fuqarolar soğliğida jiddiy özgariş sezsa, şifokorga borişni tavsiya qilgan edi.












