Dunyoni özgartirayotgan sun’iy intellekt: Özbekistonning rejalari qanday?
|13:30 / 22.08.202418 9129 min
Bugun deyarli hamma sohalarga sun’iy intellekt texnologiyalari kirib kelyapti, uning imkoniyatlari va samaradorligi hayotimizni yengillaştirmoqda. Xöş, Özbekiston hukumati sun’iy intellektdan qançalik foydalanmoqda, bu borada qanday rejalar bor? Kun.uz Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Aziz Atabekovni suhbatga taklif etdi.
– Özbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlaniş holati qanday? Davlat organlarida qaysi soha vakillari bundan keng foydalanmoqda?
– Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2021 yil fevral oyida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş uçun şaroitlar yaratişga doir qaror qabul qilgan. Bu birinçi bölib ta’limda namoyon böldi: 4 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt sohasida yangi fakultet taşkil etildi. Bu universitetlar: Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Texnika universitetlari. 15 ta universitetlarda amaliy fan sifatida kiritildi. Şuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi qoşida Sun’iy intellekt texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti taşkil qilindi. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi davlat axborot tizimlarini işlab çiqariş va qöllab-quvvatlaş yagona integratori – UZINFOCOM. Uşbu taşkilot yordamida “Muxlisa” ovozli tizimi va “MyID” işlab çiqildi. MyID tizimidan 70 dan ortiq idora va taşkilotlarning 10 milliondan ortiq foydalanuvçilari bor. “Muxlisa” ovozli yordamçisidan Özbekistonda işlab çiqarilayotgan BYD avtomobillarda foydalaniş böyiça kelişuv imzolangan.
– 13 avgust kuni prezident huzurida ötkazilgan taqdimotda sun’iy intellekt texnologiyalari böyiça qonunçilik bazasini şakllantiriş haqida gap ketgan edi. Özi sohani tartibga soliş böyiça qonun yoki normativ hujjat işlab çiqişga qançalik zarurat bor?
– Bu yerda texnika, texnologiyalarni rivojlantiriş borasida strategiya qabul qiliş nazarda tutilgan. Qonun qabul qiliş haqida gap ketmayapti. Bu strategiyada 2030 yilgaça bajariladigan işlar maqsad qilib qöyiladi, tasdiqlanadi. Yaqinda, Yevropa Ittifoqi dunyoda birinçi bölib sun’iy intellektni
borasida qonun qabul qildi – AI act. Bunday qonunçilik hozir sun’iy intellekt startaplarini öz faoliyatini erkin olib bora olmasligiga olib kelişi mumkin. Masalan, Meta yoki boşqa köplab kompaniyalar aynan sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarini Yevropa bozoriga taqdim qilmayapti.
– Kelajakda sun’iy intellekt mahsulotlari samaradorligi va kamxarjligi evaziga davlat xizmatçilari örnini egallaşi mumkinmi?
– Bunga aynan biror javobni beriş qiyin. Çunki soha ança rivojlanib bormoqda. Töğri, bunda ba’zi sohalardagi insonlarning örnini sun’iy intellekt bosişi mumkin, ammo texnologiya sohasidagi iş örinlarining soni köpayib boraveradi. Birgina AI (Artificial intelligence – sun’iy intellekt) bilan işlaydigan mutaxassislar turini sanasak, ançaga yetadi. Masalan AI bemorlarning kasalligiga taşxis qöysa, terapevtning keragi bölmay qoladi deyişadi. Ammo u bemorlarga taşxis qöyuvçi sun’iy intellekt operatoriga aylanişi mumkin. Mana şunday yangi sohalar ham rivojlanib bormoqda. Bu texnologiyalarning imkoniyati, foydasi ança katta. Oldin 5 kişi bir haftada 1 ta tahlil yozgan bölsa, endi 1-2 kunda bu işni kamroq odam yakunlaydi. Natijada mutaxassislarning vaqti tejaladi va samaradorligi ortadi.
Özbekistonga ham robotlar qaçon kirib keladi va mutaxassislarning iş örnini olib qöyişi mumkin. Bu qaçon böladi? Qaçonki, bizdagi arzon işçi kuçi robotlarning işlab çiqarişdan ham qimmatroqqa aylanib ketganida. Masalan, Koreya yoki Yaponiyadagi ba’zi restoranlarda servis xizmatlarni robotlar amalga oşirmoqda, çunki u yerda yoşlar soni kamaymoqda, odamlar uçun tölanadigan iş haqi esa ança qimmat turadi.
– Sun’iy intellekt yuzaga çiqarişi mumkin bölgan qanday xavflar bor va Özbekiston bu xavflardan saqlaniş uçun nima qilyapti?
– Töğri, sohaning turli xavfli tomonlari mavjud aslida. Eng maşhur sun’iy intellekt xavflaridan biri Deep fake'lar hisoblanadi. Ya’ni boşqa insonlarning ovozi, yuzidan foydalanib, soxta videolar yaratiş hamda firibgarlik va boşqa maqsadlarda foydalanişadi. Sohani yaxşi tuşunadigan odam tezda sohani haqiqiysidan ajrata oladi. Bunga işonib qolayotgan odamlarning aksariyati sun’iy intellekt mahsulotlaridan bexabar bölgan omma hisoblanadi. Buni ilğab oliş uçun odamlar özlarida immunitet hosil qilişi, sun’iy intellekt borasida savodxonlikni oşirişi kerak.
Yana bir holat, sönggi 20-30 yilda videolar 100 foiz dalil sifatida qabul qilindi: “video bormi, aniq şu holat bölgan”, degani edi. Lekin endilikda videolarning umri ham oz qoldi, endi har qanday videoga şubha bilan qaraş mumkin, videolar 100 foiz dalil bölmay qoladi. Uni kimdir sun’iy intellekt orqali “çizgan” bölişi ham mumkin. Şunday qilib, insoniyat bir reallikdan boşqa könikmalarga sekin-asta ötib boradi.
– ChatGPT kabi sun’iy intellekt mahsulotlari – ilmiy maqolalar, kurs işlari yoki maktab öquvçisining ijodiy işlarini ham yozib bera olişi, ularning ilmiy ahamiyatini pasaytirib yuborgani haqida aytilmoqda. Bu imkoniyatlarni ham bir tarafdan, dangasalikka yoki ilm örganmaslikka olib keladigan xavf, deb baholaş mumkinmi?
– Texnologiya davri boşlanayotgan ekan, yoşlarimiz bundan foydalanişiga ruxsat berişimiz, ulardagi sun’iy intellektdan foydalaniş könikmasini şakllantirişimiz kerak. Faqat bilimlarni imtihon qilayotganda buni nazoratga oliş kerak deb hisoblayman. Ulardan telefonni olib qöyib bölmaydi, faqat töğri foydalaniş könikmasini şakllantiriş kerak. Çunki köçiradigan öquvçilar bungaça ham internetdagi qidiruv tizimlaridan köçirib yozavergan. Ya’ni imkoniyatlardan özining bilimini oşiriş, işini yengillatiş uçun foydalanadimi yoki köçiriş uçun – hammasi öquvçining öziga boğliq. Bu yerda taqiqlar iş bermaydi.
– Bilamiz, sun’iy intellekt mahsulotlarini yaratiş uçun asosiy “ozuqa” bu – ma’lumot. Özbekiston davlat tilida ma’lumotlarning elektron bazasi yetarliça şakllanganmi?
– Bu borada raqamlaşmagan ma’lumotlar köp. Bularni raqamlaştirişimiz zarur. Özi sun’iy intellekt işlaşi uçun ma’lumotlar bazasidan taşqari yuqori samaradorlikka ega hisoblaş quvvatlari ( HPC – High performance computing), soddaroq aytilsa superkompyuterlar kerak. Butun dunyoda HPC'larning tanqisligi mavjud va ular juda qimmat turadi. Barça raqamli ma’lumotlar yetarli bölib, hisoblaş quvvati işlamasa ham bu jarayonni amalga oşirib bölmaydi. Biz buni töğri yölga qöyişimiz kerak, bular tizimli işlamas ekan, raqamlaşgan baza yaratiş işlari sekin amalga oşiriladi. Ammo bunda inson omilining salohiyati ham yuqori bölişi kerak.
Masalan, köp sohalarda arxivda turgan juda katta qoğozdagi ma’lumotlar bor deylik. Ularni avval bazaga kiritiş uçun kadrlar kerak, şunça yozib qöyiş emas, aynan kompyuter öqiy oladigan qilib kiritiş kerak. Şuning uçun bu iş şunçaki amalga oşiriladigan emas, vaqt va katta resurslar talab qiladi.
– Özbekistonda sun’iy intellekt rivojiga tösiq bölayotgan muammolar qaysilar?
– Sun’iy intellekt maktablarini rivojlantirişda universitetlarda amaliy işlarni amalga oşiruvçi laboratoriyalar taşkil etiş kerak. Talabalar örgangan bilimlarini amaliy bajarib körişmasa, sohada rivojlaniş bölmaydi. Bizda laboratoriya deganda kuçli va yangi kompyuterlar, boya aytganimdek HPC, yaxşi mebel va bir maromda elektr energiyasi bölişi kerak. Bu masala prezidentimiz bilan bölgan suhbatda ham kötarildi. Infratuzilmalardagi quvvat masalasida ham ilmiy doiraga uni tekinga yoki juda arzon narxga foydalaniş uçun ajratiş kerak. Nufuzli universitetlarning özida şunday sun’iy intellekt laboratoriyalari bölişi kerak.