Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan 452 ta metall buyumni chiqarib oldi
Erkak qariyb uch kilogrammlik metallarni uch oy davomida yutib kelgan.

Foto: Daily Mail
Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan umumiy og‘irligi uch kilogrammga yaqin 452 ta mayda metall buyumlarni olib tashladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
37 yoshli bemor qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilib kasalxonaga kelgan — u hatto suv ham icholmaydigan holatda edi. Erkakning oshqozonini rentgen qilgan shifokorlar unda metall to‘planganini ko‘rdi. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, oshqozondan qariyb uch kilogramm vint, gayka, murvat, mix va boshqa narsalar topildi.

Bir necha kundan keyin bemorga psixoz tashxisi qo‘yildi. Bu gallyutsinatsiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ruhiy buzilish kuchayganida buyumlarni erkakning o‘zi yutib yuborgan— u uch oy davomida metall “yegan”.
Psixoz bosh jarohati, o‘smalar, ruhiy tushkunlik va giyohvandlik bilan rivojlanadi. Shifokorlar bemorning afyunga qaramligini aniqladi. Erkak davolanish uchun ruhiy kasalliklar bo‘limiga yuborildi.
Avval Hindistonda shifokorlar bemorning oshqozonidan 63 dona qoshiq chiqarib olishgandi.
Mavzuga oid

15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

11:50 / 13.05.2025
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

20:32 / 12.05.2025
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

16:27 / 12.05.2025