Joriy yil boşidan beri Rossiya huquq-tartibot idoralari, RF rasmiylariga köra, qonuniy talablarga amal qilmaydigan 143 mingdan ortiq xorijliklarga mamlakatga kirişiga ruxsat bermagan. «Uşbu toifadagi şaxslarga nisbatan politsiya Rossiyaga kirişga ruxsat bermaslik töğrisida 143,1 mingta qaror qabul qildi, bu 2023 yilning yetti oyidagiga nisbatan 53,1 mingtaga köpdir», — dedi Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi vakili Irina Volk 21 avgust, çorşanba kuni Telegram-kanalida 2024 yil yanvaridan iyuligaça bölgan davrda «migratsiya sohasida qonun va tartibni mustahkamlaş böyiça faoliyat» natijalari böyiça statistik ma’lumotlarga tayanib.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, bu davrda Rossiya huquq-tartibot idoralari mamlakatdan çiqarib yuboriş böyiça 92 mingdan ortiq qaror qabul qilgan. 1053 nafar muhojirning Rossiya fuqaroligi bekor qilindi. Volk ma’lumotlariga köra, xorijliklarga berilgan vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomalar soni 44,2 foizga, yaşaş uçun ruxsatnomalar esa 18,4 foizga kamaydi. 2024 yilning yetti oyida noqonuniy migratsiyani taşkil etiş bilan boğliq aniqlangan jinoyatlar soni 2023 yil şu davriga nisbatan 2,8 barobarga oşgan. 

Hisobotda rossiyaliklar belgilangan muddat içida 16,3 foizga köp xorijiy pasport rasmiylaştirgani haqida ma’lumotlar ham bor. Bundan taşqari, amal qiliş muddati beş yillik pasportlarga 2024 yil boşidan beri talab kamroq bölgan – ular 2023 yilga nisbatan 19,8 foizga kam rasmiylaştirildi, ön yillik amal qiliş muddatiga ega pasportlar esa 96 foizga köp berilgan.