Vengriya Ukrainadan kelgan qoçqinlar uçun davlat tomonidan yordam körsatilişini çekladi: endi faqat Rossiya hujumidan bevosita zarar körgan Ukraina viloyatlaridan mamlakatga kelganlar uy-joy va ijtimoiy nafaqalarni olişlari mumkin. Budapeştdagi hukumatning tegişli qarori 21 avgust, çorşanba kuni kuçga kirdi.
Vengriya hukumati Ukrainaning 13 ta viloyati: Dnipropetrovsk, Donetsk, Zaporijjya, Mikolayiv, Odessa, Sumi, Xarkiv, Xerson, Çernixiv, Luxansk, Jitomir, Kiyev viloyati va Kiyev, şuningdek, Qrim yarimoroli, Sevastopolni jabrlangan hududlar röyxatiga kiritgan. Uşbu röyxat har oy yangilanadi.
Şu bilan birga, Vengriyada, Britaniyaning BBC media-kompaniyasi xabar berişiça, 31 ming Ukraina fuqarosi boşpana olgan, köplari mamlakatda qoçqin maqomiga ega emas. Ulardan qançasi jabrlangan hududlar aholisi ekanligi noma’lumligiça qolmoqda. Yangi qoidalar Vengriya hukumati röyxatiga kiritilmagan hududlardan qoçqinlarni avtomatik ravişda çiqarib yuborişni anglatmaydi, biroq 21 avgustdan boşlab Ukrainadan kelganlarga ijaraga berilgan mulk egalari davlat subsidiyalarini olişni töxtatdi. Natijada, minglab odamlar köçada qolişi va öz vatanlariga qaytişga majbur bölişi mumkin, deb yozadi BBC.

















