Ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim öquv yurtlari va klinik ordinatorlarni öqitadigan xususiy klinikalar uçun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari ötkaziladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qildi.
Imtihon 24-26 avgust kunlari 7:00da boşlanadi. Testga 1 soat oldin keliş tavsiya etiladi. Talabgorlar ruxsatnoma va pasportning asl nusxasi bilan kiritiladi. Ruxsatnomalarni tmbm.ssv.uz saytidan yuklab oliş mumkin. Imtihon manzillari bu yerda batafsil körsatilgan. Test qayta ötkazilmaydi.
Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruğiga köra test quyidagi muassasalarga kiriş uçun ötkaziladi:
- tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari;
- tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi;
- respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari;
- ilmiy-tadqiqot institutlari;
- klinik ordinatorlarni öqitiş vakolati berilgan xususiy klinikalari.
Testni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholaş markazi ötkazadi. Test sinovi xarajatlari tegişli tibbiy muassasalar tomonidan qoplanadi. Har bir talabgor uçun BHMning yarim baravari miqdorida tölov tölab beriladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi va oliy ta’lim muassasalari quyidagilarni tasdiqlagan:
– 2024/2025 öquv yilida klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravişda tegişli bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça imtihonlarni taşkil etiş maqsadida test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi;
– foydalaniladigan test variantlari tafsilotlari;
– foydalaniş uçun tavsiya etilgan adabiyotlar röyxati;
– testni şakllantiruvçi fan ekspertlari guruhi.
Ma’lumot uçun klinik ordinatura böyiça fanlar majmuasi, talabgorlar röyxati kabi ma’lumotlar tmbm.ssv.uz saytidagi klinik ordinatura bölimida körsatilgan.

















