Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzoladi va Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisi qarorini qabul qildi.

Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida hukumatlararo bitim;

- Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2025-2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça amaliy harakatlar rejasi;

- Maktabgaça ta’lim, kasb-hunar ta’limi, örta maxsus, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnomalar;

- 2024-2026 yillarga möljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik böyiça «yöl xaritasi»;

- 2024-2026 yillarga möljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;

- Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat körsatiş va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi örtasida 2024-2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

- Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oşiriş markazi va Ozarboyjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi örtasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;

- Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarboyjon Respublikasi Içki işlar vazirligi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;

- Sud ekspertizasi markazlari örtasida hamkorlik töğrisida bayonnoma.

Taşrif doirasida Toşkent va Boku, Şahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba şaharlari örtasida hamkorlik töğrisida bitimlar va boşqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.