Fransiya sud organlari 25 avgust, yakşanba kuni 39 yoşli Telegram asosçisi Pavel Durovni hibsda saqlaş muddatini yana 48 soatga uzaytirdi, deya xabar bermoqda AFP tergovga yaqin manbaga tayanib.

Durov 24 avgust kuni keçqurun Le-Burjye aeroportida qölga olingan. Jurnalistlar ta’kidlaşiça, söroq uçun hibsga olişning dastlabki muddati maksimal 96 soatgaça davom etişi mumkin. Bu vaqt içida Durov ayblanişi yoki ozod etilişi kerak. 

«Platformadan jinoiy maqsadda foydalanişni töxtatiş uçun çoralar körilmadi» 

Le Provence yozişiça, Milliy politsiyaning voyaga yetmaganlar işi böyiça boşqarmasi (OFMIN) Durovni hibsga oliş uçun order bergan va tergov Jandarmeriya milliy kiber-bölinmasi va Firibgarlikka qarşi kuraş milliy byurosiga topşirilgan. 

OAV ma’lumotlariga köra, order gumon qilinayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, narkotik moddalar savdosi, kiberbulling, uyuşgan jinoyatçilik, bolalarga qarşi jinoyatlar va terrorizmni tarğib qiliş böyiça dastlabki tergov doirasida berilgan. Durov öz platformasidan jinoiy foydalanişni töxtatiş çoralarini körmaganlikda ayblanmoqda. 

Fransiya rasmiylari va huquq-tartibot idoralari haligaça Durovning hibsga olinişiga izoh bermadi. Parij prokuraturasi TASS söroviga javoban töliq matbuot bayonoti 26 avgust, duşanba kuni e’lon qilinişini ma’lum qildi. 

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin birinçi rasmiy bayonotni e’lon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asosçisi va boş direktori Pavel Durovning hibsga olinişiga birinçi marta izoh berib, yakşanba kuni keçqurun rasmiy bayonotni e’lon qildi, unda «platforma yoki uning egasi uşbu platformadagi huquqbuzarliklar uçun javobgar ekanligini da’vo qiliş bema’nilik» ekani aytilgan.

«Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunga amal qiladi – uning moderatsiyasi soha standartlariga javob beradi va doimiy ravişda takomillaştiriladi. Telegram boş direktori Pavel Durovning yaşiradigan heç narsasi yöq va u tez-tez Yevropa böylab sayohat qiladi. Platformadagi suiiste’molliklar uçun platforma yoki uning egasi javobgar, deb da’vo qiliş bema’nilikdir», - deyiladi bayonotda.