AQŞ Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador bölgan 400 ga yaqin şaxs va taşkilotlarga qarşi sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi. Sanksiya qöyilgan kompaniyalar va jismoniy şaxslar Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötişda va uni Ukrainaga qarşi uruşda foydalanilgan tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaşda yordam bergani keltirib ötilgan.
Sanksiyaga uçragan kompaniyalar qatoridan Toşkent şahrida röyxatdan ötgan Intheme Lab ham joy olgan.
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga köra, Intheme Lab MÇJ 2023 yilning 12 sentabrida Toşkent şahrida taşkil etilgan. Kompaniya rasmiy ravişda veb-portallar işlab çiqiş bilan şuğullanadi va öşa yilning 29 dekabridan boşlab IT Park rezidenti maqomini olgan.

Kompaniyaning ustav kapitali 10 mln sömni taşkil etdi. 90 foiz uluşi Rossiyaning Intem Lab kompaniyasiga, qolgan 10 foiz uluşi esa asosiy kompaniya boş direktori Mixail Igoşinga tegişli.
Avvalroq, Özbekistonda röyxatdan ötgan Mvizion kompaniyasi ham AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritilgani xabar qilingandi.












