Malayziyada 45 yillik harbiy-dengiz kemasi noma’lum suvosti obekti bilan töqnaşuvdan keyin çökib ketdi, deb xabar beradi Associated Press.
Mamlakat harbiy-dengiz kuçlari bayonotida keltirilişiça, 25 avgust kuni KD Pendekar kemasining maşina bölinmasida suv sizib çiqişi aniqlangan va bu oxir-oqibat kemaning çökib ketişi bilan yakunlangan. Ekipaj yuzaga kelgan yoriqni yopişni uddalay olmagan va 260 tonnali kema Johor ştati sohillarida bir neça soat içida çökib ketgan. Ekipajning barça 39 nafar a’zosi evakuatsiya qilingan, heç kim jarohatlanmagan.
«Taxminlarga köra, suv toşişiga kemaning suvosti obekti bilan töqnaşuvi sabab bölgan», — deyiladi bayonotda. Hozirda holat böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Malayziya mudofaa vaziri Muhammad Holid Nordin mamlakat flotining kamida uçdan bir qismini taşkil etadigan 40 yildan eski harbiy kemalarni tekşiruvdan ötkazişni buyurdi. Şvetsiyada qurilgan Pendekar kemasi 1979 yilda flotga foydalanişga topşirilgan edi.
«kemalarimizning ayrimlari eski ekanini rad etmaymiz, ammo bu halokatning asosiy sabablaridan emas… Va ta’kidlaş kerakki, baxtimizga heç kim halok bölmadi», — deydi mudofaa vaziri.
Holidning qöşimça qilişiça, mamlakat flotini modernizatsiya qiliş, jumladan, sohil böyi kemalarini quriş işlari davom etmoqda, ularning birinçisi 2026 yilda foydalanişga topşiriladi. Mudofaa vazirining sözlariga köra, idora Turkiyadan ham kemalar xaridi böyiça muzokaralar olib bormoqda.

















