Polşa «gibrid uruş» holatida, dedi mamlakat mudofaa vaziri örinbosari Tsezariy Tomçik 26 avgust, duşanba kuni Olştindagi «Kelajak Polşasi» kampusida sözlagan nutqida.
«Polşada biz duç kelayotgan narsa - de-fakto gibrid uruş va biz töğridan töğri aytişimiz mumkinki, Polşa bugungi kunda uruş holatida, ammo gibrid uruşda», - deya Tomçik sözlarini keltiradi PAP agentligi. Şu nuqtayi nazardan, u Belarus bilan çegaradagi keskin vaziyatga va ötgan hafta Polşada qulagani xabar qilingan «kirill yozuvi bölgan» bir neçta meteozondlariga işora qildi.
Mudofaa vaziri örinbosari ritorik tarzda Rossiyani Polşadagi ob-havo haqiqatan qiziqtiradimi, deb söradi. U bor-yöği bir neça yuz dollar turadigan har bir bunday qurilmadan jamoatçilik fikriga ta’sir ötkaziş, «fuqarolar öz davlatiga işonmasliklari uçun jamiyatda munozara va kelişmovçiliklarni keltirib çiqariş uçun» juda oddiy usulda foydalaniş mumkinligini ta’kidladi. «Rossiya taşviqotining muhim qismi aynan şunga qaratilgan», deb ta’kidladi Tomçik.
Şuningdek, u Polşada har yili beş mingga yaqin hakerlik hujumlari qayd etilişini, 2,5 ming harbiy xizmatçi keça-yu kunduz ular bilan kuraşişini ta’kidladi.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli Polşa harbiy aviatsiyasini havoga kötardi
26 avgust kuni ertalab Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududiga bergan yirik havo hujumi fonida Polşa va ittifoqçilarning jangovar samolyotlari havoga kötarildi. Ukraina qurolli kuçlari Havo kuçlari qömondonligi mamlakatning 15 ta hududiga 236 ta raketa va uçuvçisiz uçoqlar uçirilganini, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qildi. Bir qança energetika infratuzilmasi obektlari şikastlangan, Ukraina Içki işlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, 7 kişi halok bölgan va 47 kişi yaralangan.
Şu bilan birga, uçuvçi apparat Polşa havo hududiga kirib keldi, u keyinçalik Polşa hududiga qulagan bölişi mumkin, deb xabar berdi Varşava. Bu Lyublin voyevodligining Xrubeşuv şahri hududida sodir böldi. Hozirda qulagan dron qidirilmoqda.












