Belarus çegarasida Şvetsiya tomonidan siyosiy boşpana berilmagani sababli mamlakatdan deporatsiya qilingan fuqaro qölga olindi.

Belarus fuqarosi hamda uning onasi 2020 yili mamlakatda röy bergan norozilik namoyişlarida iştirok etgan. Ommaviy tartibsizliklar boşlanganidan keyin ular Şvetsiyaga ötib kelib, u yerdan boşpana söragan. Arizalarida ular Belarusda özlariga qarşi jinoiy iş qözğatilganini, siyosiy sabablarga köra ta’qib qilinişdan qörqişlarini bildirgan.

Boşpana beriş borasidagi sörov qariyb bir yil oldin qanoatlantirilmagan. Ötgan hafta apellyatsiya javobi ham rad etilgaç, Şvetsiya hukumati belaruslarni öz vataniga deportatsiya qilgan. Erkak pasport nazoratidan ötayotganida uşlangan. Uning onasini taqdiri nima keçgani noma’lum.

«Vyasna» inson huquqlari himoyasi loyihasi ma’lumotlariga köra, hozirda Belarusda 1368 nafar siyosiy mahbus mavjud. Ularning aksariyati 2020 yilgi namoyişlarda iştirok etgani uçun qamalgan.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 9 avgust kuni Minsk va Belarusning boşqa yirik şaharlarida prezidentlik saylovida ovoz beriş yakunlanib, saylov uçastkalari yopilgaç minglab kişilar iştirokida norozilik namoyişlari boşlanib ketgan edi. Ular saylovning dastlabki rasmiy natijalaridan norozilik bildirgan, unga köra mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukaşenko 80 foiz ovoz olgani ma’lum qilingan.