Telegram’ning 2023 yildagi daromadi 342 million, operatsion xarajatlari 108 million, umumiy zarari esa 173 million dollarni taşkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida aytilgan, deb xabar berdi Financial Times.

Telegram balansidagi raqamli aktivlar, jumladan, Toncoin qiymatining oşişi hisobiga zarar qisman qoplangan.

Platformaning özi hisobotlarini ommaga e’lon qilmaydi. FT materialida aytilişiça, 2023 yilda Telegram raqamli aktivlarining umumiy qiymati qariyb 400 million dollarni taşkil etgan, 2024 yilda kompaniya Toncoin’ni taxminan 244 million dollarga sotgan. Şu bilan birga, Telegram boş direktori Pavel Durovning Parijda hibsga olinişi haqidagi xabardan söng Toncoin narxi 20 foizga arzonlaşib, 5,46 dollarga tuşdi.

Fransiyada Pavel Durovga qarşi boşlangan tergov Telegram’ning yaqin ikki yil içida IPO (Initial Public Offering — kompaniya aksiyalarini fond birjasida birlamçi joylaştiriş) ötkaziş rejalarini izdan çiqarişi mumkin, çunki investorlar va reklama beruvçilar platformaga sarmoya kiritişni xohlamayapti, deb ta’kidladi FT ekspertlarga tayanib. Bahorda Pavel Durov kompaniya uluşini olmoqçi bölgan investorlar uni 30 milliard dollarga baholaşganini aytgandi.

Iyul oyigaça Telegram’ning oylik auditoriyasi 950 million kişiga yetdi. Durov hibsga olinganidan keyingi dastlabki kunlarda butun dunyo böylab iOS platformasida dasturni yuklab olişlar soni 4 foizga oşdi, deb xabar berdi TechCrunch. Şu kunlarda Fransiyada Telegram boşqa ijtimoiy tarmoqlar orasida yuklab oliş böyiça birinçi öringa, umumiy röyxatda uçinçi öringa kötarilgan.

28 avgust kuni, hibsga olinganidan tört kun ötib, Parij sudi Pavel Durovni 5 million yevro miqdorida garov evaziga sud nazorati ostida qöyib yubordi. Unga Telegram’dagi firibgarlarning harakatlari va messenjerning Fransiya hukumati bilan hamkorlikdan boş tortişiga oid oltita ayblov qöyilgan.