Belarus hukumati mamlakatda YouTube videoxostingining muqobili işga tuşirilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi prezident administratsiyasi boşliği örinbosari Vladimir Persev.
«Videobel.by videoxostingi bu bizning birinçi OTT-platformamiz bölib, u yerga dasturlar va turli ruknlar, hatto videokontent yaratuvçilarning efirga ketmaydigan materiallari ham joylaştiriladi. Bu ança kuçsiz muqobil bölişi mumkin, ammo Belarus YouTube’ini yaratişdagi birinçi qadamdir», — deydi Persev.
Bu haqda u prezident Aleksandr Lukaşenkoga bergan hisobotida aytib ötgan. Uning sözlariga köra, loyiha 12 sentabr kuni işga tuşiriladi.
Bunga qadar Rossiyada törtta mahalliy videoxosting — RuTube, «VK», Nuum va «Platforma» işga tuşirilgan edi. RF Davlat dumasining Axborot siyosati böyiça qömitasi a’zosi Anton Gorelkinga köra, ularning heç biri YouTube’ga sezilarli raqobat tuğdira olmagan.
Iyul oxirlarida Davlat dumasining Axborot siyosati böyiça qömitasi rahbari Aleksandr Xinşteyn hukumat YouTube faoliyatini sekinlaştirişini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, bu Rossiya qonunçiligini buzayotgan administrativ resursga qaratilgan «majburiy qadam». «Roskomnadzor» keyinroq YouTube’ning sekinlaşib qolganiga Google Rossiya serverlaridan foydalanişni istamagani bilan boğlagan edi. Ammo Google öz tomonidan biror texnik muammo borligini rad etgan.
Avgust boşidan beri Rossiyada YouTube faoliyati yomonlaşgani haqida şikoyatlar köpaydi. Masalan, 2 avgust kuni «Sboy.rf» servisi 15 mingdan ortiq şikoyatni qayd etgan bölib, bu odatiy körsatkiçlardan sezilarli darajada yuqori.
YouTube’ning Rossiyadagi kunlik örtaça qamrovi 55,4 million kişi. Rossiya hukumati Ukrainaga uyuştirilgan hujum avvalidan beri maşhur videoxostingni bloklaş rejalarini ilgari surib kelmoqda.












