Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Respublika onkologiya markazining yangi majmuasi bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, majmua 9 ta binodan iborat bölib, asosiy binolar 8 qavatli. 1-qavatda poliklinika va taşxis uskunalari, 2-qavatda laboratoriya, statsionar, reanimatsiya va jarrohlik xonalari, yuqori qavatlarda palatalar joylaşgan. Yerosti qismida radioterapiya, yadro tibbiyoti bölimi, xöjalik xonalari bor.

Avvalgi şifoxona 370 örinli edi. Yangi markazda 650 ta statsionar va 80 ta kunduzgi örin taşkil etildi. Şuningdek, bir kunda 500 nafar bemor ambulator şaroitda davolanişi mumkin.

Davlat rahbari markazdagi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanişdi.

- Biz ta’lim va tibbiyotga alohida e’tibor berayapmiz. Çunki odamlar bilimli bölib, soğlom bölsa, öz yölini topadi. Bu markaz ham şunday işlardan biri. Bu loyihaga 1,2 trillion söm ajratib, «noldan» qurdik. Barça onkologiya şifoxonalarini jihozlaşga 80 million dollar yönaltirildi. Endi asosiy vazifa - xodimlarni öqitib oliş, samarali boşqaruvni yölga qöyiş, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Markazda Yevropa va AQŞ standartlari asosida taşkil etilgan 17 ta yangi klinik bölim, 18 ta jarrohlik xonasi, 42 ta reanimatsiya va intensiv terapiya xonalari taşkil etilgan. Ular jahon tibbiyotida qöllanayotgan eng sönggi texnikalar bilan jihozlandi. Bunday zamonaviy texnikalarni işlatiş uçun yuzga yaqin mutaxassis 8 ta xorijiy davlatda malaka oşirib qaytdi.

Jarrohlik bölimida yiliga 6 mingta yuqori texnologik operatsiya ötkaziş imkoniyati bor. Jumladan, juda dolzarb bölgan suyak kömigi transplantatsiyasi yölga qöyiladi. Yangi uskunalar yordamida köz, halqum va qizilöngaç qismi ösmalarini kesmasdan olib taşlaş mumkin. Qovuq ösmalari kam invaziv usulda bartaraf etiladi. Bularning samarasida bemorlar tezroq tuzalib, 3-5 kunda uyiga qaytişi mumkin.

Nur bilan davolaş uçun ilk bor yadroviy tibbiyot bölimi işga tuşirilmoqda. U 9 ta bunkerdan iborat bölib, birida töxtalişlar yuz bergan taqdirda ham boşqalariga ötkazilişi natijasida muolaja uzluksizligi ta’minlanadi. Çiziqli tezlatkiçlarda nur bilan davolaşning VMAT, SMAT kabi yangi usullari tatbiq qilinadi.